Futbol TV telekanali tugatilib, o‘rniga ko‘ngilochar kanal ochilmoqda
2017 yilda tashkil etilgan Futbol TV telekanali rebrendingini e’lon qildi.

2017 yilda ish boshlagan Futbol TV telekanali keyingi 2022/2023 yilgi mavsum uchun TOP-5 chempionatlarini translatsiya qilish huquqini qo‘lga kirita olmagani ortidan avvalgi mavsumlardagi o‘yinlarnigina efirga uzatish bilan kifoyalanayotgan edi. Shuningdek, Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Yevropa konfederatsiyalar kubogi, ayni paytda Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati bahslarini efirga uzatish imkonidan mahrum bo‘ldi.
Futbol bo‘yicha Angliya va Ispaniya chempionatlari bahslarini Rossiya hamda Markaziy Osiyo davlatlari hududida translatsiya qilishning ekzklyuziv huquqini Setanta Sport xarid qilgan va hozirda ushbu musobaqalardan o‘rin olgan o‘yinlarni onlayn namoyish etib kelmoqda.
Italiya A seriyasi, yevroligalar (Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Yevropa konfederatsiyalar kubogi, Millatlar ligasi), ayni paytda Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati bahslari MTRKning Sport telekanali tomonidan efirga uzatilib kelmoqda. Budjetdan moliyalashtiriladigan Sport TV kelishuv miqdorini ochiqlagani yo‘q.
Kun.uz manbalarining ma’lum qilishicha, Sport TV tomonidan translatsiyalar huquqi uch yilga sotib olingan. Shu sababli amalda deyarli faoliyat ko‘rsatmayotgan, retranslatsiyalar bilan efirni to‘ldirib turgan Futbol TV rebrending e’lon qildi.
Unga ko‘ra telekanal bundan buyon FTV deb nomlanadi va unda o‘zbek, rus, turk va jahon estradasi yulduzlari ishtirokidagi mashhur kliplar, sport, kino, ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar efirga uzatiladi.
O‘zbekistonda ilk futbolga ixtisoslashgan Futbol TV telekanali 2017 yil yanvarda UzReport telekanali qoshida tashkil etilgandi. Telekanal faoliyatini 2017 yil 23 apreldan boshlagan, o‘sha kuni “Real” va “Barselona” klublari o‘rtasidagi bahs jonli efirga uzatilgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

16:54 / 20.01.2025
O‘zbekiston telekanallari Turkmanistonda namoyish etiladi

15:40 / 28.12.2024
1 yanvardan yangi «Futbol» telekanali ish boshlaydi

14:30 / 14.10.2024
Gurjiston TV-kanallari hukmron partiya roligini ko‘rsatishdan bosh tortdi

09:39 / 28.09.2024