Britaniyalik taniqli aktyor Jon Xyort 77 yoşida vafot etdi, deb xabar berdi 28 yanvarda Hollywood Reporter naşri.

Naşr ma'lumotlariga köra, 2015 yil iyunda aktyorda oşqozonosti bezi saratoni aniqlangan. 

Independent britan naşrining ma'lum qilişiça, aktyor ma'lum vaqtdan keyin saratonni yenga olgandi. 

Xyort Garri Potter haqidagi filmlar orqali ma'lum. U bu filmlarda sehrli tayoqçalar dökoni egasi janob Ollivander rolini ijro etgan. U şuningdek "Yarim tungi ekspress", "1984", "Begona", " V — vendetta degani", "Indiana Jons va billur boş suyagi qirolligi" va boşqa köplab filmlarda rollar ijro etgan. 2014 yilda ritsar unvoni bilan taqdirlangan.

Xyort 4 marta BAFTA mukofotiga va bir marotaba "Oltin globus" mukofotiga loyiq deb topilgan.