IT-gigant Microsoft Corp. kompaniyasi aksiyalari 27 yanvardagi savdolar vaqtida tarixiy maksimum qiymatiga erişdi. Kompaniyaning bir dona aksiyasi narxi 65,66 dollarga yetdi, kapitallaşuvi esa 500 mlrd dollardan oşib ketdi.   

Savdolar davomida kompaniya aksiyalari 2,06 foizga oşgan. Aktsiyalar qiymatining bunday ösişi kompaniya kapitallaşuvining keskin oşişiga olib keldi, bu qiymat 510,37 mlrd dollarni taşkil qildi. Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga köra, kompaniyaning bunday darajasi 2000 yildan beri maksimum hisoblanadi.      

Bunday ijobiy dinamika kompaniyaning moliyaviy hisoboti bilan boğliq. Kompaniyaning 2016-2017 moliya yili 2-çoragidagi (31 dekabrda yakunlangan) sof daromadi yillik ifodada 3,6 foizga oşib, 5,2 mlrd dollarni taşkil qilgan.     

Microsoft bulutli texnologiyalarga ixtisoslaşgan bölimida katta muvaffaqiyatni qayd qilgan. Bu bölimning tuşumi 8 foizga oşib, 6,9 mlrd dollarni taşkil qilgan.