Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko mamlakat qurol-yaroği eksportini oşiriş haqida topşiriq berdi. Bu davlat byudjyetiga valyuta tuşumlarini köpaytiriş maqsadida amalga oşiriladi, deb xabar berdi Ukraina yetakçisi matbuot xizmati.

"Faqatgina eksport şartnomalari tufayli Ukraina tomonidan işlab çiqilgan yangi qurol-yaroğlar yaşiklarda, oçilmagan holda qolib ketişining oldini oliş mumkin. Ular Ukraina eksportining ikki foizini taşkil etadi. Biz valyuta tuşumlari manbasi sifatidagi bu körsatkiçni yanada oşiriş haqida topşiriq berdik", - degan Poroşenko Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi yiğilişida.

Uning ta'kidlaşiça, eksport işlab çiqarişni kengaytiriş, yangi texnologiyalarga mablağ yönaltiriş, kişilarni öqitiş va armiyani kerakli qurol-yaroğ bilan ta'minlaş imkonini bermoqda.

"Biz Ukrainada işlab çiqarilgan qurolga ortib borayotgan talabni qöllab-quvvatlaşimiz lozim... Bugungi kunda mamlakatimizda çiqarilgan qurol-yaroğ turlari bilan bozorda köproq öringa ega bölib bormoqdamiz", - deya qöşimça qildi u.

Prezidentning eslatişiça, mudofaa buyurtmasi 67 foizga eskirib qolgan işlab çiqariş fondlarida amalga oşirilmoqda. Ba'zi bir korxonalarda esa bu körsatkiç – 80 foizga teng ekan.