Google internet-giganti rahbariyati boşqa davlatlarda bölgan ba'zi xodimlariga AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan migratsiya siyosati kuçaytirilişi haqidagi farmonning imzolanişi sababli zudlik bilan AQŞga qaytişni tavsiya qildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda. 

Axborot agentligi jurnalistlari Google boş direktori Sundar Piçai xodimlar orasida tarqatgan ogohlantiriş bilan tanişib çiqdilar. Agentlikning ta'kidlaşiça, hujjatdan kompaniyaning 100 dan köproq xodimi bir qator musulmon davlatlari fuqarolariga AQŞga kirişni murakkablaştiruvçi, Tramp tomonidan imzolangan farmonning u yoki bu darajada ta'siri ostiga tuşişlari kelib çiqadi. Bu mutaxassislar AQŞ fuqaroligiga ega bölmagan va AQŞda böliş uçun viza olişlari kerak bölgan xodimlardir. Google’da ular xizmat safari yoki ta'tillardan AQŞga qaytişda muammolarga duç kelişlari mumkin, deb hisoblanmoqda.

"Bu farmon uçun hamkasblarimiz tölayotgan haqni köriş oğriqlidir. Biz immigratsiya masalalari böyiça qanday qaraşlarga egaligimizni oçiqçasiga aytganmiz va bunday qilişni davom ettiramiz", deb izoh bergan bu vaziyatga Piçai. Axborot agentligining ta'kidlaşiça, Google AQŞning köplab muhojirlar işlaydigan kompaniyalaridan biri hisoblanadi.