Toşkentda 28 yanvar kuni “Özbekiston havo yöllari” Milliy aviakompaniyasi taşkil etilganining 25 yilligiga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Qonunçilik palatasi deputatlari, hukumat a'zolari, davlat va jamoat taşkilotlari, diplomatik korpus vakillari, aviakompaniya mas'ul xodimlari va faxriylari iştirok etdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Özbekiston havo yöllari” Milliy aviakompaniyasi jamoasiga yöllagan tabrigini Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.Aripov öqib eşittirdi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq "Özbekiston havo yöllari" Milliy aviakompaniyasi Özbekiston Respublikasining Faxriy yorliği bilan mukofotlandi.
Davlatimiz rahbari farmoniga binoan “Özbekiston havo yöllari” Milliy aviakompaniyasining bir guruh xodimlari davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi. Tadbirda ana şu mukofotlar tantanali ravişda topşirildi.
"Özbekiston" yozuvi tuşirilgan va davlatimiz bayroği aks etgan zamonaviy va qulay avialaynerlar bugun dunyoning ellikdan ortiq mamlakatiga parvoz qilmoqda. Alyaskadan to Yangi Zelandiyagaça charter qatnovlari amalga oşirilayotir. 2016 yilda aviakompaniyamiz samolyotlari 2 million 500 ming yölovçiga xizmat körsatdi va 43 ming tonna yuk taşidi.
Birinçi Prezidentimiz taşabbusi bilan Milliy aviakompaniyamiz parki bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qilindi, eng sönggi rusumdagi havo kemalari bilan töldirildi. Uçuvçilarimiz A320, Boeing-757/767, Il-114-100 kabi havo kemalarini mahorat bilan özlaştirib, yangi avlod samolyotlari – Dreamlinerlarni ham boşqarmoqda. Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida mamlakatimiz aviaparkiga dunyodagi sanoqli davlatlar aviataşuvçilari qatorida birinçilardan bölib, eng zamonaviy ikkita Boeing-787-8 Dreamlineri olib kelingani yurtimizning xalqaro aviataşuvlar tizimidagi örnini yanada mustahkamlaş, nufuzini yuksaltirişga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizning 11 aeroporti zamon talablariga muvofiq mukammal ta'mirdan çiqarildi, modernizatsiya qilindi, xalqaro maqomga ega böldi. Natijada yurtimizga keluvçi sayyohlar oqimi oşdi, ularga xizmat körsatiş darajasi yanada yuksaldi. “Toşkent”, “Samarqand”, “Buxoro”, “Urganç” singari xalqaro aeroportlarimiz bir neça xalqaro tanlovlarda ğoliblikni qölga kiritib kelayotgani buning yorqin dalilidir.












