Germaniya kansleri Angela Merkel dunyodagi liberal tartibni himoya qiliş maqsadida törtinçi muddatga kuraşiş uçun qat'iy bel boğlagan, deb yozadi Britaniyaning Financial Times gazetasi. Biroq, nemis mulozimlari rasmiy Moskva öng kuçlar ğalabasini ta'minlaş uçun saylovlarga aralişişi mumkinligidan xavotirda. 

Şu bahona, Financial Times naşri, ötgan yili Berlinda istiqomat qiluvçi rus oilasi bilan boğliq xalqaro mojaroni yodga oladi. Ötgan yilning yanvar oyida rus muhojirlari oilasi a'zosi 13 yoşli Liza F. uni muhojirlar öğirlab ketgani va jinsiy zöravonlik qilganini ta'kidlagan edi. Biroq, nemis politsiyasi jinoyat alomatlarini ham, qabihlik ijroçilarini ham topa olmagan. Şunday ekan, xakerlik hujumining oqibatlariga doir qörquv Bundestagning har bir a'zosiga tegişlidir, deb yozadi Financial Times naşri.

Garçi jinoyat alomatlari topilmagan bölsa-da, Rossiyaning yetakçi OAV qizning sözlaridan kelib çiqqan holda, Germaniyadagi muhojirlarning tajovuzkorligi va ular sodir etayotgan jinsiy zöravonliklar xususida qator lavhalar tayyorlagan edi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov esa, nemis tergovçilarini siyosiy jihatdan muhim işni suriştirişni xohlamayotganlikda aybladi. 

Bugungi kunda Berlindagilar Kreml ma'muriyati bu kabi soxta xabarlar tufayli Germaniyadagi parlament saylovlariga ta'sir etişga urinib körişidan xavotirda. 

Britaniya naşrining yozişiça, Rossiya Germaniyaga ta'sir körsatişning turli usullariga ega. Xususan, SSSR parçalanganidan söng, Rossiyaga ğarb qadriyatlarini singdiriş maqsadida taşkil etilgan qöşma taşkilotlar Moskvaga qöl kelişi mumkin. 

Biroq, Kremlning Ukraina va Suriyadagi harakatlari sababli, Rossiyaga döstona munosabatda bölgan nemis elitalari munosabatlarni tiklaşga unçalik ham şoşilayotgani yöq. Şu boisdan ham, Moskva oddiy insonlarga möljallangan ommaviy vositalar – internet va OAVlaridan foydalanişga urinib körişi tabiiy holdir, deb yozadi Financial Times.

Bundan taşqari, Rossiya xakerlik hujumlarini ham amalga oşirişi mumkin, deb taxmin qiladi Financial Times. 2015 yilda APT 28 nomi ostidagi xakerlar guruhi Bundestag serverlariga hujum qilgan va ma'lumotlarni öğirlagan edi. Ekspertlar bu guruhni Rossiya maxsus xizmatlariga aloqador, deb hisoblaşadi. Rasmiy Kreml bu ayblovni inkor etgan bölsa-da, gazetaning nemis maxsus xizmatlaridagi manbalari buning aksini ta'kidlaşadi.