Irlandiya, Kanada va Xitoy geofiziklari Yer qa'ridagi suvlar kimyoviy reaksiya tufayli paydo bölganini namoyiş qilişdi. Suv avval öylanganidek, asteroid yoki meteroit kabi osmon jismlari tomonidan olib kelinmagan. Uşbu tadqiqotga doir maqola Earth and Planetary Science Letters jurnalida çop etilgan. 

Olimlar Yer qa'riga mos keladigan sun'iy şaroitni modellaştirişdi. Xususan, unda harorat Tselsiy böyiça 1,4 ming darajaga, bosim esa Yer yuzidagidan 20 ming martaga köproq bölgan raqamga yetkazildi. Bunday şaroitda mantiya tarkibidagi kremniy ikki oksidi (SiO2) vodorod bilan kimyoviy reaksiyaga kirişadi va buning natijasida suv (H2O) va kremniy gidridi (SinH2n+2) hosil böladi. 

Geofiziklarning aniqlik kiritişlariça, bunday kimyoviy reaksiya Yer sathidan 40-400 km çuqurlikda röy berişi mumkin. Bu esa, mineral tuproqlar çegarasida suv töplanişiga hamda bosimni 200 ming atmosferagaça kötarilişiga olib keladi. Suyuqlikning tuproqdan çiqişi, öz navbatida, çuqur zilzilalarga sabab böladi. 

Olimlar kelgusida mazkur jarayon mantiyaning barça qobiğiga xosmi yoki ma'lum bir qismida paydo böladimi?, degan savolga javob topişni rejalaştirişgan.