08:45 / 30.01.2017
8530

Gandbol bo‘yicha jahon chempionati g‘olibi aniqlandi

Fransiya terma jamoasi gandbol bo‘yicha jahon chempionati final uchrashuvida Norvegiya termasini mag‘lubiyatga uchratdi.

Parijda 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv 33:26 hisobida jahon chempionati mezboni – fransiyaliklar foydasiga hal bo‘ldi. O‘yindagi eng sermahsul o‘yinchiga mezbonlar vakili Nikola Karabatich aylandi, u oltita to‘p kiritgan. Fransiya terma jamoasi o‘z tarixida beshinchi bor jahon chempioniga aylandi.

Sloveniyalik gandbolchilar xorvatlarni 31:30 hisobida dog‘da qoldirib, bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, gandbol bo‘yicha jahon chempionati Fransiyada 11-29 yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi. 

Top