30 yanvar — Özbekistonning birinçi prezidenti, marhum Islom Abduğaniyeviç Karimovning tavallud ayyomi kuni munosabati bilan prezidentning qizi Lola Karimova-Tillayeva Facebook sahifasida otasini xotirladi.

«Hamişa 30 yanvar kuni biz Sizni tavallud ayyomingiz bilan qutlaşga oşiqar edik. Bugun esa özgaça… Siz endi bizning oramizda yöqsiz, aziz otajonim… Şunday bölsa-da, biz dildan doimo sizning borligingizni his etib turamiz… To qalblarimizdagi muhabbat abadiy yaşar ekan, siz ham yuraklarimizda mangu qolajaksiz», — deb yozdi u.

Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov 2016 yil 2 sentabr kuni 78 yoşida vafot etdi.

Marhum prezidentning xotirasini abadiylaştiriş maqsadida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovning xotirasini abadiylaştiriş töğrisida»gi qarorga imzo çekdi.

Unga köra, Toşkent şahrida, Islom Karimov tuğilib ösgan Samarqand şahrida va u birinçi rahbar bölib işlagan Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida prezident siymosi tasvirlangan haykallar örnatiladi.

Har yili Islom Karimov tavallud topgan sana — 30 yanvar kuni keng nişonlanadi, 2 sentabr kuni Xotira kuni sifatida yod etiladi.

Oliy öquv yurtlari talabalari uçun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi.

Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratiladi hamda Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus poçta markalari çiqariladi.