Iroqda IŞIDning birinçi raqamli jallodi öldirildi. 

Daily Mail xabariga köra, Abu Sayyaf ism-şarifli uşbu jangari asirlikdagi yuzlab kişilarni boşini tanasidan judo qilgandi. U taşkilotning tarğibot videolarida asosiy figura bölgan. Bundan taşqari, u markazi Mösul bölgan Naynava viloyatidagi jangarilarga rahbarlik qilgan.

Mahalliy naşrlarda Abu Sayyafning ölimi tafsilotlari aniq keltirilmagan. Ammo ba'zi manbalarga köra, uşbu terrorçini Iroqdagi boşqa bir radikal guruh vakillari öldirgan.