Janubiy Koreya parlamenti tadqiqot guruhi BMTning sobiq boş kotibi Pan Gi Mun Koreyada davlat lavozimini egallaşi mumkin, degan xulosa kelgan. Şunga köra, u prezidentlikka nomzodini ilgari surişi mumkin, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.
Parlamentning maxsus guruhi göyo Pan Gi Munning prezidentlik lavozimiga da'vogarlik qilişiga yöl qöymaydigan BMT rezolyutsiyasini örganib çiqişgan. Tadqiqot guruhining qayd etişiça, rezolyutsiyada masalan, «maqsadga muvofiq bölar edi» kabi jumlalar qöllanilgan. Bu esa, BMT sobiq boş kotibining vatanida oliy davlat lavozimini egallaşiga tösqinlik qilmaydi.
BMT hujjatida, jumladan, köplab mamlakatlarning işonç bildirgan şaxsi bölgani sababli, taşkilotning sobiq boş kotibi hukumat lavozimini egallamasligi maqsadga muvofiqdir, deyiladi.
Şu bilan birga, Janubiy Koreya parlamenti, agar Pan Gi Mun prezidentlik uçun kuraşmoqçi bölsa, uning avvalgi mehnat tajribasi, mamlakat manfaatlariga zarar keltirmasligini isbotlaşi kerak, degan talabni ilgari surgan edi.
Taşkilotning sobiq boş kotibi mamlakatda ötkazilgan ijtimoiy sörovlarda prezidentlik uçun boşqa ehtimoliy nomzodlarni ortda qoldirayotgani aniqlangan edi.












