Starbucks qahvaxonalar tarmoği öz biznesini yuritayotgan 75 mamlakatdagi 10 ming qoçqinni işga olişni rejalaştirmoqda. Bu haqida kompaniya boş direktori Hovard Şults xabar berdi. 

"Dunyoning 65 milliondan ortiq fuqarolari BMT qoçqinlari deya tan olingan va biz beş yil davomida ularning 10 ming nafarini işga qabul qiliş rejalarini işlab çiqmoqdamiz", - dedi u. Uning sözlariga köra, kompaniya eng avvalo AQŞdagi qoçqinlarni iş bilan ta'minlaşga diqqatini qaratadi. Starbucks Amerika armiyasida tarjimon va xizmat körsatuvçi personal sifatida işlagan kişilarni işga qabul qiladi, deya aniqlik kiritdi Şults. 

Top-menejyer şuningdek Meksikadagi biznesni ham "devor emas, köprik qurib" rivojlantirişda davom etişga va'da berdi.

Ötgan haftada AQŞ prezidenti Donald Tramp Meksika çegarasida devor qurilişi rejalaştirilayotgani haqida ma'lum qildi. U bu qarorni migrantlarning AQŞga noqonuniy kirişini oldini olişga qaratilgani bilan izohladi. Bundan taşqari, Tramp Iroq, Eron, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolarining AQŞga kirişini vaqtinçalik taqiqlovçi, şuningdek qoçqinlarni qabul qilişni töxtatiş töğrisidagi hujjatni imzoladi.