Uorren Baffettning davlati 70 milliard dollardan ortiqqa baholanadi va dunyoning eng badavlat kişilari röyxatida qadrdon dösti Bill Geytsdan keyin ikkinçi örinda qayd etiladi.  

Baffettni yoşligidan tanigan insonlar uning muvaffaqiyatidan ajablanişmaydi: u 11 yoşidanoq öz pullarini aql bilan aksiyalarga safarbar eta boşlagan, 16 yoşida esa bugungi kundagi 53 ming dollarga teng summani işlab topgan. InsiderPro naşri u haqidagi 24 faktni töplab taqdim etdi. 

Uorrenning sinfdoşlari sport yoki Hollivud yulduzi bölişni orzu qilgan bir paytda 10 yoşli Baffet Nyu-York fond birjasi vakili bilan tuşlik qilgan va öz kelajagini rejalaştirgan. 

Uning afsonaviy karerasiga 10 yoşida, otasi bilan Nyu-Yorkka qilgan sayohati turtki bergan. 

Nyu-York fond birjasi vakili bilan ötgan tuşlik Baffettda öz hayotini pul işlaşga bağişlaş istagini uyğotgan. 

U özining ilk aksiyalarini 11 yoşida sotib olgan. 

Baffett 38 dollardan Cities Service'ning bir neça imtiyozli aksiyalarini qölga kiritgan. 

Ösmirlik davrida Baffett oyiga 175 dollardan topardi - bu katta yoşdagilar topadigan puldan köp. 

U bu pullarni Washington Post gazetasini yetkazib beriş ketidan topardi. 

16 yoşiga borib uning kapitali bugungi kunga hisoblaganda 53 ming dollarni taşkil qilgan. 

Gazetalarni yetkazib beriş u uçun şakllaniş usullaridan biri edi. Yoş Baffett işlatilgan golf töplari va markalarni sotar, maşinalarni sayqallaş bilan şuğullanardi, pinbol avtomatlarga sarmoya kiritib, yuguriş yölakçasini ajoyib öyin maydoniga aylantirar edi.