Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvçi Xvan Gyo An ikki mamlakat örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganligining 25 yilligi munosabati bilan özaro tabrik maktublari almaşdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Şavkat Mirziyoyev Xvan Gyo Anga yöllagan tabrik maktubida, jumladan, şunday deyiladi:

«Ulkan iqtisodiy, intellektual va industrial-texnik salohiyatga ega va dunyo iqtisodiyoti hamda siyosatida tobora salmoqli rol öynayotgan Koreya respublikasi Özbekiston mustaqillikka erişganidan beri ötgan vaqt davomida biz uçun eng işonçli va uzoq muddatli şerikka aylandi. 

Oxirgi yillarda mamlakatlarimiz hamkorlikning fundamental asoslarini mustahkamlaş, oçiq va işonçli siyosiy muloqotni ta'minlaş, xalqaro taşkilotlar doirasida uzviy boğliqlik va qöllab-quvvatlaş borasida sezilarli taraqqiyotga erişişga muvaffaq bölganini mamnuniyat bilan ta'kidlaşni istardim. 

Yaqinda bölib ötgan telefon orqali muloqotimiz çoğida Koreya respublikasi hukumati va işbilarmon doiralarining turli yönalişlardagi özbek—koreys munosabatlarini yanada rivojlantiriş, har tomonlama strategik şeriklikni mustahkamlaş uçun yangi yöl va imkoniyatlar qidirişga tayyorligiga işonç hosil qilişdan juda mamnun böldim».

Öz navbatida, Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvçi Xvan Gyo An Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga yöllagan maktubida quyidagilarni ta'kidladi:

«Bu yil davlatlarimiz örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganiga 25 yil töladi. 2006 yilda Koreya respublikasi va Özbekiston Strategik şeriklik haqida qöşma deklaratsiyani imzoladi va şundan beri ikki mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa köplab sohalardagi özaro manfaatli hamda istiqbolli hamkorligi tobora kengayib bormoqda.

Ötgan yili hamkorligimizning yorqin namunasi bölgan Ustyurt gaz-kimyo kompleksi qurilişi muvaffaqiyatli yakunlandi. Hozirda neft-kimyo tarmoğida birgalikda amalga oşirilayotgan boşqa loyihalar, şuningdek, yangi loyihalar ham kelgusida mamlakatlarimiz örtasidagi samarali munosabatlarning navbatdagi namunasi böladi, deb umid bildiraman.

Diplomatik munosabatlar örnatilganligining 25 yilligi, şuningdek, koreyslar Markaziy Osiyoda yaşay boşlaganligining 80 yilligi Koreya respublikasi va Özbekiston örtasida döstlik hamda tiğiz aloqalarning yanada mustahkamlanişida muhim omil hisoblanadi. Qurilişi ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oşirilayotgan Koreys madaniyati va san'ati uyi xalqlarimizni bir-biriga yanada yaqinlaştirişiga işonçim komil».