Özbekistonda yangi bank - «Özagroeksportbank» aksiyadorlik tijorat banki taşkil etiladi. Bu Prezidentning 24 yanvardagi qarorida körsatib ötilgan (hujjat matni Lex.uz saytiga joylaştirilgan).
Bank taşkil etilişidan maqsad — eksport qiluvçi taşkilotlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş, meva-sabzavot mahsulotlarining eksport imkoniyatlarini samarali va barqaror rivojlantirişni ta'minlaş, agrosanoat mahsulotlari işlab çiqaruvçilar va aholi uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratişdan iborat hisoblanadi.
Bankning boşlanğiç ustav kapitali 10 mln yevro. Özbekiston tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi (7,5 mln yevro, 75 foiz), «Özbekinvest» kompaniyasi (1 mln yevro, 10 foiz), «Özbekoziqovqatxolding», «Özagrosuğurta» va «Kafolat SK» (500 ming yevrodan yoki 5 foizdan) bankning muassislari hisoblanadi.
2020 yilga qadar «Özagroeksportbank» 15 foizdan kam bölmagan uluş bilan strategik xorijiy investorlarni ustav kapitaliga jalb etişi lozim böladi.
Yangi bank va uning filiallari röyxatga olingan sanadan 5 yil muddatga barça turdagi soliqlar hamda davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalar tölaşdan ozod etiladi va böşayotgan mablağlar bankning resurs va moddiy-texnika bazasini mustahkamlaşga maqsadli yönaltiriladi.
















