Markaziy bank “Markaziy bank kredit taşkilotlari faoliyatiga” doir qonunga köra bank xizmatlari iste’molçilari bilan munosabatlarni örganadi. Joriy yilda ötkazilgan tekşiruvlarda yuqoridagi banklarda bir neçta qoidabuzarliklar aniqlandi.

TBC bank’ka sanksiya

Aniqlanişiça, bank rasmiy saytida mijozlarga berilişi kerak bölgan minimal axborot yetarliça berilmagan, kredit şartnomalariga oid garov huquqlari garov reyestridan keçiktirib çiqarilgan.

Şuningdek, onlayn mikroqarzlar berganda mijozlarning moliyaviy holatini tahlil qilmasdan qarz ajratilgan, kredit qoplaşi uçun tuşgan mablağlar öz vaqtida qarzdorlikni söndirişga yönaltirilmagan va murojaatlarni körib çiqişda qonun talablariga rioya qilinmagan.

Şu sabab regulyator TBC bankʼka 615 mln söm jarima qöllaşga qaror qildi. Bank tomonidan qarz oluvçilarga ortiqça hisoblangan 2,5 mlrd söm foiz va sud qarorlaridan keyin qonunga zid hisoblangan 1,7 mlrd söm foiz iste’molçilar foydasiga qayta hisoblandi.

Davr bank — aniqlangan qoidabuzarliklar va çora

Ma’lum bölişiça, bank bir xizmatini iste’molçiga qöşimça xizmatdan foydalaniş şarti bilan körsatgan, xorijiy valutada ajratilgan kreditlar böyiça kunlik foizlar notöğri hisoblangan.

Bundan taşqari, rasmiy sayt va mobil ilovada kredit xizmatining asosiy xususiyatlari töliq oçiqlanmagan.

Şartnomalar mijoz huquqlarini çeklovçi va qonun talablariga zid bandlar bilan tuzilgan.

Garov mulkiga oid yozuvlar garov reyestridan keçiktirib çiqarilgan.

Davr bank ham murojaatlarni körib çiqiş tartibiga rioya qilmagan.

Şu sababli unga 931 mln söm jarima solindi. Xorijiy valutada ortiqça hisoblangan 1,7 mlrd sömlik foiz, qonunga zid uşlab qolingan 1,9 mlrd söm hamda garov taqiqiga oid 461,6 mln söm tölovlar iste’molçilarga qaytarildi.

Hamkorbank — aniqlangan qoidabuzarliklar va çora

Markaziy bank Hamkorbankning rasmiy sayt va şartnomalarida majburiy qonuniy talablar yetişmasligi hamda kredit ajratişda qonunçilikka zid ravişda bir martalik komissiyalar undirilganini aniqladi.

Şuningdek, tijorat banki garov mulkini taqiqqa qöyiş va taqiqni bekor qiliş uçun xizmat haqlari olib kelgan. Garov huquqlariga oid yozuvlar keçiktirib berilgan. Murojaatlarni körib çiqişda qonuniy talablar buzilgan.