Markaziy Bank tomonidan avgust-sentabr oylarida tijorat banklarida nazorat tadbirlari ötkazildi. Unda iste’molçilar bilan özaro munosabatlarni amalga oşirişda bank faoliyatiga qöyiladigan talablarga rioya etilişi, şu jumladan, terminallar orqali tölovlarning qabul qilinişi hamda bank xizmatlari töğrisidagi axborotlarni iste’molçilarga töğri va töliq taqdim etilişi holatlariga e’tibor qaratilgan. 

Qayd qilinişiça, banklar tomonidan taklif etayotgan kredit va omonatlar haqidagi axborotlar iste’molçilarga qonunçilikda belgilangan tartibda oşkor qilinişi hamda bank kartalari orqali xizmatlar körsatilişi töliq yölga qöyilmagani aniqlangan. 

Natijada, 21 ta tijorat bankiga nisbatan çora körilib, bunda 16 ta tijorat banki jarimaga tortilgan hamda 5 ta tijorat bankiga ogohlantiriş berilgan. 

Xabarda çora körilgan banklar nomi va ularga qöllanilgan jarima miqdori haqida ma’lumot berilmagan. 

Markaziy Bank xabarida ta’kidlanişiça, iste’molçilar bank xizmatlaridan foydalaniş böyiça oqilona qarorga kelişi uçun tijorat banklari xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni töliq oşkor qilişi va ularning şartlarini batafsil tuşuntirişi lozim.