Butun dunyo böylab 74 mln ga yaqin yoş iş topa olmayapti, zöravonlik va tahqirlaşlarga uçramoqda hamda qoçqinlarga aylanmoqda. Bu haqda BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Nyu-Yorkda oçilgan BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengaşining yoşlar forumi iştirokçilariga videomurojaatida aytib ötdi.
"Dunyoda 74 mln yoş iş topa olmayapti. Qurolli ixtiloflar oilalarni larzaga solmoqda va rekord darajadagi yoşlarning uylarini tark etişga majbur qilmoqda. Hattoki tinçlik bor joyda ham yoşlar zöravolik va tahqirlaşdan aziyat çekmoqdalar", deb aytdi Guterriş.
Guterrişning aytişiça, BMT boş qarorgohidagi forum iştirokçilari ularni insoniyat uçrayotgan muammolar qayğuratayotganini namoyiş qildilar. "Kambağallik, işsizlik, iqlim özgarişi, tengsizlik, adoldatsizlik... Siz, sizning döstlaringiz va butun dunyo yoşlari şu şaroitlarda yaşamoqdasiz", deb ta'kidlab ötdi Guterriş.
Uning aytişiça, BMT yoşlarning fikrini eşitmoqçi. "Sizlarning barçangizda ixtiloflarni bartaraf etiş, inson huquqlarini himoya qiliş, tinçlikni ta'minlaş va 2030 yilgaça barqaror rivojlaniş sohasidagi dolzarb vazifalarni amalga oşiriş uçun iste'dod, quvvat va ideallar bor", deb aytdi BMT boş kotibi.
Yoşlar forumi 2012 yildan boşlab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş masalalarini muhokama qiliş uçun ötkaziladi. Joriy yilda unda 700 kişi, jumladan yoşlar siyosati vazirlari iştirok etmoqda. Forum doirasida Rossiyada 14-22 oktabr kunlari ötadigan Butunjahon yoşlar va talabalar festivali taqdimoti bölib ötadi.












