Futbol TV telekanaliga Özbekistonda faoliyat yuritiş uçun litsenziya berildi.
Bu boradagi qaror Vazirlar Mahkamasi qoşidagi idoralararo muvofiqlaştiruv qömitasi tomonidan qabul qilingan.
Yangi telekanalda Çempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi, Angliya Premer ligasi va Ispaniya çempionati öyinlari namoyiş etiladi. Hozirgaça bu musobaqalar UzReport TV tomonidan körsatilib kelinayotgan edi.
Xabarda aytilişiça, öyinlar jonli efirda va takroran namoyiş etiladi. Bundan taşqari, futbol töğrisidagi körsatuvlar ham berib boriladi.
Futbol TV Özbekistonda mart oyidan faoliyat boşlaşi rejalaştirilmoqda.











