Bugun Özbekiston çempionatida joriy mavsumning eng şov-şuvli transferi amalga oşirildi. Ötgan mavsum çempioni «Lokomotiv» Toşkentning boşqa bir jamoasi «Paxtakor»ning asosiy yetakçilaridan biri Jaloliddin Maşaripovni öz tarkibiga qöşib oldi. Bu hodisa özbek futboli jamoatçiligida aks-sado bermoqda. Kimdir buni "buyruqning bajarilişi" («Lokomotiv» jamoasi «Özbekiston temir yöllari» homiyligidaligiga urğu qaratilgan - tahr.) deb baholasa, kimdir buni «Paxtakor» rahbariyati bu orqali futbolçini xalqaro maydonda reklama qilmoqçi demoqda. «Tribuna» saytida ham bu mavzuga e'tibor qaratildi va mavzu atrofliça tahlil qilindi. Quyida uşbu maqola özgartirişlarsiz keltirilgan.
Ötgan mavsumda «Paxtakor» tarkibida eng işonçli öyin körsatgan Jaloliddin Maşaripov yangi mavsumni «Lokomotiv»da boşlaydigan böldi. Ğalati transfer. Şaxsan menga ikki hissa ğalati bölib köringani futbolçining ijaraga berilgani. Har doim öz oldiga yuqori ambitsiyalarni qöyadigan klubning yetakçilaridan birini asosiy raqibiga berib yuborişidan maqsadi nima?

«Lokomotiv»ni tuşuniş mumkin. Jamoa öz oldiga yuqori maqsadlarni qöymoqda. Osiyoda ham aytarli natija qiliş uçun ikkita teng kuçli tarkibni yiğişga harakat qilinyapti. Maşaripovning sotib olinişi Sardor Mirzayev bilan munosib raqobatni yuzaga keltirişi va bu ikkala futbolçining ham ösişida yordam berişi mumkin. Xöp, «Lokomotiv»da maqsad aniq. Lekin «Paxtakor»daçi?
Bir qaraşda tuşunarsiz köringan transfer aslida «Paxtakor»ning aniq maqsadli rejasi asosida amalga oşgan bölişi ham mumkin. Hammasi oddiy, «Paxtakor» bu yil Osiyo çempionlar ligasida iştirok etmaydi. Jamoa porlab çiqayotgan, yaxşi öynayotgan futbolçilarni çetga sotişi uçun uni birinçi navbatda reklama qilişi kerak. Buning uçun «Paxtakor»da bu mavsumda deyarli heç qanday imkoniyat yöq. Özbekiston çempionati va kubogidagi öyinlar (ayniqsa bugungi saviyadagi) orqali birorta kuçliroq klubning e'tiboriga tuşib bölmaydi. Osiyo çempionlar ligasi esa, heç bölmasa, qit'aning özida mömay pul taklif qiladigan jamoalar uçun futbolçini reklama qiliş imkoniyatini beradi. Şu ma'noda «Paxtakor» futbolçini töliq sotmasdan turib ijaraga bergan bölişi mumkin. Xöp, bunisiyam tuşunarli. Ammo aslida jamoaning, Özbekistonning eng köp karra çempioni bölgan jamoaning maqsadi faqat şumi?

Masalan şaxsan menda, «Paxtakor» deganda, doim çempionlik uçun kuraşadigan, har qanday şaroitda ham öz oldiga yuqori maqsadlarni qöyadigan, Özbekistonning eng ambitsiyali jamoasi köz oldimga keladi. Ötgan yili jamoa sönggi yillardagi özining eng yomon mavsumini ötkazdi. Çempionlik tugul, OÇLga beriladigan yöllanma ham boy berildi. Bu men yuqorida aytgan eng ambitsiyali jamoa uçun ogohlik qönğiroği bölişi kerak. Eng kamida jamoada «sportça ğazab» uyğonişi lozim. Omadsiz mavsumdagi kamçiliklar örganilişi, tarkib kuçaytirilişi va lozim topilsa, murabbiylar ştabi almaştirilişi yoki şunga öxşagan infratuzilmada qandaydir özgariş bölişi kerak. Fikrimça. Lekin bugungi çiqqan xabar eng kamida men kutgan birorta jarayonga mos kelmayapti. Qani bu yerda jamoaning ötgan mavsumdan çiqargan xulosasi? Qani bu yerda biz soğingan haqiqiy «Paxtakor»ning sportça ğazabi? Qani bu yerda «Vatan, ota-ona va «Paxtakor»dan boşqasini istagan paytida özgartirişi mumkin bölgan sodiq muxlisning hurmati? Yoki «Paxtakor» öz an'analaridan voz keçib, çempionlik va OÇL yöllanmalari uçun kuraşiş örniga futbolçi yetiştirib, uni sotib özini-özi ta'minlaydigan klub sifatida davom etmoqçimi?













