Köpçilik maşina xarid qiliş jarayonida maslahat qilib keyin iş köradi. Xoh yangi, xoh minilgan maşina olsa ham maslahatsiz bir qarorga kelmaydi. Yangi maşina sotib oliş borasida köpçilik qatori siz ham köp maslahatga muhtoj emassiz. Sababi:

- avtosalonlarda maşina tanlaş imkoniyati juda çegaralangan;
- siz istagan modelingizni darrov sotib olişning imkoni deyarli yöq;
- pulini oldindan tölab qöyib, oylab kutişga xohişingiz yöq;
- rang tanlaş borasida ham çegaralangansiz;
- sotuvdagi bemalol modellar esa sizga kerakmas va hokazo muammolarga duç kelasiz.

 Natijada "Otang - bozor, onang - bozor", deya maşina bozoriga yöl olasiz. Maşina bozorida ham talaygina muammolarga duç kelasiz:
- minilgan maşinaning aybi yöqmikin?
- "kraskasi bor" bölsa qay darajada şikastlangan ekan? "Suyagi butunmi"?
- "probegi halol"mikin?
- avtosalonda yangi maşina beradigan pulga bozordan minilganini oliş ham yoqimsiz;
- motori, yurar qismlari qanday? Va hokazo savollar.

Mana şu bosqiçga yetganda köpçilik mantiqan töğri qarorga keladi, ya'ni taniş maşina mutaxassisini qidiradi. Töğri-da, xarid qilişda adaşgandan köra, mutaxassisga yaxşi maşina topib bergani uçun mukofot puli (zazor) bergani afzalroq. Deyarli hamma maşinani asl egasidan va arzonroq narxga oliş istagida böladi. Lekin köpinça buni iloji bölmaydi. Çunki maşinaning egalari vaqt, kuç, asab ketkazib şanba-yakşanba (ba'zan esa bir neçtalab) bozorda ötirişni istamaydi. Aksariyat holda istak topilsa ham imkoniyat topilmaydi. Imkoniyat topgaç esa maşinasini arzon sotişni xohlamaydi. "Bu maşina menga falonçaga tuşgan, şunça arzoniga sotamanmi?!", degan vajlar örtaga çiqadi. Bundan taşqari, sotmoqçi bölgan narxlari esa bozor narxidan ança baland böladi. Şanba va yakşanba kunlari maşina bozoriga maşina olib kiriş uçun patta puli ham hozirgi kunda 28000 sömligini hisobga olsak, ikki kun uçun 56000 söm tölaş kerak. Ustiga ustak, maşinani bozorga tayyorlaş ham mahorat va mablağ talab qiladigan iş.

"Çumçuq söysa ham qassob söysin", deganday, maşinafuruş (maşina olib - sotiş bilan şuğullanuvçi odam) esa maşinani bozorga olib çiqişdan oldin uni maromiga yetkazib tayyorlaydi. Iqtisodiy til bilan aytganda, maşinaga investitsiya sarf qilib, xaridorga yoqadigan ahvolga keltiradi va albatta, şuning asosida daromad qiliş umidida böladi. Bir söz bilan aytganda, maşina sotuvçining ham muammolari va xarajatlari talaygina.