AQŞ prezidenti Donald Trampning yetti musulmon davlati fuqarolarining mamlakatga kirişini taqiqlaş töğrisidagi farmoni qoçqinlarga yordam körsatiş tamoyiliga ziddir. Germaniya kansleri Angela Merkel ana şunday fikr bildirdi. 

"Terrorizmga qarşi qat'iy kuraş muayyan dinga mansub yoki ma'lum bir kelib çiqişga ega kişilarga nisbatan şubhaga boriş huquqini bermaydi. Umuman, mening fikrimça, bu qoçqinlarga xalqaro kömak beriş tamoyiliga ziddir", - dedi Merkel Ukraina prezidenti Petro Poroşenko bilan hamkorlikda ötgan brifing çoğida. "112 Ukraina" telekanali uşbu brifingni efirga uzatdi. 

Bundan avval AQŞ prezidenti Donald Tramp yetti mamlakat - Suriya, Iroq, Liviya, Yaman, Eron, Sudan, Somali fuqarolariga AQŞga kirişni vaqtinçalik taqiqlaş töğrisidagi farmonni imzolaganiga oid xabar berilgan edi.