Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu Eron hukumatini BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyasini "qasddan buziş"da aybladi. Isroil boş vaziri Tehronning örta masofalarga uça oladigan raketa sinovlarini ötkazganiga şunday baho berdi. BMT XK rezolyutsiyasiga köra, Eron ballistik raketalar sinovini ötkazişi mumkin emas. Rasmiy Tehron bunga javoban, yadro kallaklariga ega emasligini aytadi.
Netanyaxuning bayonot berişiça, u AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan fevral oyida ötkazajak uçraşuvida Eronga nisbatan sanksiyalarni tiklaş imkoniyatlarini muhokama qiladi. "Eron agressiyasi javobsiz qolmasligi kerak", - degan Isroil hukumati rahbari.
Avvalroq, qator OAV Pentagon vakiliga tayangan holda xabar berişiça, 29 yanvar kuni Eron örta masofaga uça oladigan raketani sinovdan ötkazgan. U Tehrondan 225 km şarqdagi poligondan havoga kötarilgan.
AQŞ ma'muriyatidagi manbalarning jurnalistlarga ma'lum qilişiça, sinov muvaffaqiyatli bölmagan, raketa nişonga yetmasdan qulab tuşgan.












