Suriya prezidenti Başar Asad oğir ahvolda şifoxonada ekanligi ma'lum böldi. Bu haqida Daily Sabah naşri xabar berdi.
Livanning Al-Mustaqbal gazetasi esa şanba kuni Asadning işemik insult bilan şifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan.
Şunga qaramay, Asad rejimining Facebook'da çop etilgan xabarida uning ahvoli yaxşi ekanligi ma'lum qilingan.
Manbada ta'kidlanişiça, Başar Asad rejimi va uning tarafdorlari Suriyada öq oçişni töxtatiş rejimini faol buzişda davom etişmoqda.
Ğarb Asadning çetlatilişini talab qilmoqda, biroq Rossiya uni faol qöllab-quvvatlamoqda. Aynan Rossiya aviatsiyasi tufayli Asad isyonkorlarni Halabdan quvib çiqarişga muvaffaq böldi.












