AQŞning Arizona ştatidan bölgan sakkiz yoşli onkologik kasallik bilan oğrigan qizça AQŞ prezidenti Donald Trampga videomurojaat yölladi. Qizça davlat rahbaridan bolalar saraton xastaliklari bilan kuraşga yönaltirilgan moliyalaştirişni oşirişni iltimos qildi. Ebriel Bentli öz videosini Facebook’dagi sahifasida taqdim etgan.

Qizça Trampni Milliy onkologiya institutini (National Cancer Institute) moliyalaştirişga yordam berişga çaqirgan hamda bolalar saraton xastaliklari sohasidagi tadqiqotlarga barça mablağlarning atigi tört foizi ajratilişini eslatib ötgan.

«Bizlardan ba'zilar kimyoterapiyaning salbiy ta'siri oqibatida vafot etmoqda. Bu bizning kiçik jussalarimiz uçun juda ham kuçli jarayon. Bu notöğri», - dedi Bentli. U şuningdek özining davolaş jarayoni fotoxronikasini ham körsatdi.

«Iltimos, Amerikani yana buyuk qilişda bizni esdan çiqarib qöymang», - deya Trampga murojaat qildi qizça.

U şuningdek davlat rahbaridan Oq uyni bir kunga bölsa-da oltin rangli illyuminatsiya bilan bezatişni söradi – aniqlik kiritilişiça, bu bolalar onkologiyasi bilan kuraş rangi ekan.

Ebriel roligini bir hafta davomida 400 ming marotaba tomoşa qilişdi.

Ma'lumot uçun, qizçada suyak saratoni, Yuing sarkomasining tajovuzkor formasi 2015 yilda aniqlangan. Jarrohlik amaliyoti va 17ta kimyoterapiya jarayonidan söng şifokorlar kasallik rivojlaniş kuçini biroz pasaytirişga erişişdi.