Reddit ijtimoiy tarmoğining lensoo taxallusi ostidagi foydalanuvçisi oddiy yölovçi samolyoti salonida sayohatga çiqqan loçinlar tasvirlangan fotosuratni taqdim etdi. Bu haqda Mashable naşri xabar bermoqda.
Surat samolyot ekipaji qömondoni tomonidan olingan. Post muallifining ta'kidlaşiça, 80ta ovçi quşga aviaçiptalar saudiyalik şahzoda tomonidan xarid qilingan.
Loçinlar örta qatordagi aksariyat örindiqlarni egallagan. Ular özini noqulay his etmasligi maqsadida közlari yopib qöyildi.

Reddit boşqa foydalanuvçilari esa bu Yaqin Şarqdagi reyslarda köp bora kuzatiladigan holat ekanini aytişgan. Masalan, Qatarning Quatar Airways aviakompaniyasi yölovçilarni iqtisodi-sinfdagi salonga oltita loçinni olişlari mumkinligi haqida ogohlantiradi.












