Jamiyat | 18:22 / 31.01.2017
5053
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda "Ijtimoiy inklyuziya: bolalar ijtimoiylashuvidagi yangi yo‘nalishlar" mavzuidagi Xalqaro konferensiya o‘zi ishini boshladi

Bugun 31 yanvar kuni poytaxtimizdagi ""International Hotel Tashkent" mehmonxonasida "Ijtimoiy inklyuziya: bolalar ijtimoiylashuvidagi yangi yo‘nalishlar" mavzuidagi Xalqaro konferensiya o‘zi ishini boshladi. 

Xalqaro miqyosdagi mazkur tadbir o‘n uchinchi marta o‘tkazilmoqda. Bugungi konferensiya maqsadi - davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy sherikchiligini faollashtirish va innovatsion texnologiyalar asosida ijtimoiy inklyuziya startegiyasini takomillashtirishdan iborat. 

Ijtimoiy inklyuziya masalasi bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir. 

Imkoniyati cheklangan va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning jamiyatga qo‘shilishlarini ta'minlash ularning barqarorlik va munosib kelajakka ega bo‘lishlarida muhim tarkibiy qism hisoblanadi. 

Xatar guruhidagi bolalarning jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyasi jamiyat ijtimoiy siyosatining rivojlanish darajasidagi ahamiyatli ko‘rsatkichlardandir. 

Konferentsiyada "Sen yolg'iz emassan" respublika bolalar jamoatchilik jamg‘armasi (RJBJ) va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (RBIIM) Vasiylik kengashining raisi, O‘zbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillayeva ijtimoiy inklyuziyaga bag‘ishlangan ma'ruza bilan chiqish qildi. Ma'ruzada ushbu xayriya tashkiloti va markaz ishining tahlili hamda ular faoliyatidagi statistik ma'lumotlar keltirildi. 

Bundan tashqari, bir qator xorijiy davlatlar ekspertlari mazkur yo‘nalish bo‘yicha chiqish qilib, o‘zlarining tilak va takliflarini bildirishdi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid