4-5 sentabr kunlari Toşkent şahrida Şanxay hamkorlik taşkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Aksilterror markazining terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşişda hamkorlikni mustahkamlaşga bağişlangan Xalqaro konferensiyasi bölib ötadi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev forum qatnaşçilariga murojaat yöllab, uşbu muhim xalqaro tadbir mintaqada tinçlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaş borasida yakdillik va hamkorlikka intilişni tasdiqlaşini ta’kidladi.

«Konferensiya kun tartibiga eng muvaffaqiyatli milliy tajribalarni örganiş, terrorizmga qarşi kuraşda hamkorlik hamda fan va ta’lim sohasida almaşinuvning samarali mexanizmlarini yölga qöyiş, ekstremizm va radikalizm ğoyalarining tarqalişiga imkon bermaslik böyiça amaliy vositalarni şakllantiriş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş va terrorizmni moliyalaştirişning oldini oliş borasidagi vazifalarga oid dolzarb masalalar kiritilgan.

Aminmanki, ertaga mamlakatimizda ilk bor ötkaziladigan «Şarq – Aksilterror – 2024» qöşma aksilterror maşğulotlari ham xavfsizlikka nisbatan umumiy tahdidlarga qarşi kuraşişda özaro amaliy hamkorlikni kengaytiriş va maxsus kuçlar bölinmalarining salohiyatini oşirişga xizmat qiladi», — deyiladi murojaatda.

Murojaatda aytilişiça, geosiyosiy keskinlik va nizolarning kuçayişi, özaro işonç taqçilligi terrorizm va ekstremizm tahdidlariga qarşi kuraşişda xalqaro hamkorlikning rivojlanişiga salbiy ta’sir körsatmoqda.

«Şu bilan birga, kibermakonda xavf-xatar va tahdidlar kuçayib bormoqda. Bunda noqonuniy faoliyat, yollaş va radikal ğoyalarni tarğib etiş böyiça faol işlar milliy çegaralar va qonunçilik normalarini tan olmaydigan internet tarmoqlari hamda kanallari vositasida tobora köp amalga oşirilmoqda. Buning oqibatida bugungi kunda aholining nisbatan zaif qatlamlari vakillari, jumladan, bizning yoşlarimiz va mehnat migrantlari «onlayn manqurtlaştiriş» qurboniga aylanmoqda, turli noqonuniy guruhlarga jalb etilmoqda va jinoyat sodir etmoqda».

Şu bois qonunçilik bazasini takomillaştiriş va xalqaro taşkilotlar doirasida bunday tahdidlarni bartaraf etiş, ularga tezkorlik bilan javob qaytariş böyiça qöşma tadbirlarni ötkaziş eng muhim vazifalar hisoblanadi.

«Ta’kidlaş lozimki, mamlakatimizning Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş böyiça milliy strategiyasi keng qamrovli, inklyuziv va tizimli yondaşuvga asoslangan bölib, profilaktik va preventiv çoralarni qöllaş hamda vaqtida amaliy javob qaytarişni özida mujassam etadi. Jamiyatda hamjihatlik muhitini mustahkamlaş va oçiq muloqotni rivojlantiriş, ta’lim-tarbiya sohasini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, iş örinlarini yaratiş va aholining işonçli ijtimoiy himoyasini ta’minlaş bu boradagi ustuvor yönalişlar hisoblanadi.