Daniyaning MHI Vestas Offshore Wind kompaniyasi dunyodagi eng yirik şamol turbinasini qurişi haqida ma'lum qildi. U tajribalar davomida rekord darajada elektr quvvati işlab çiqargan. Treehugger’ning xabar berişiça, turbina sinovlari 2016 yilning 1 yanvar kuni ötkazilgan. Öşanda bir sutka davomida 216 ming kVt*soat elektr quvvati işlab çiqilgan, bu esa mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra 7200ta uyni ta'minlaşga yetadi.

Turbina balandligi 150 metr bölib, har bir parragi uzunligi 90 metrga teng. V164 turbinasi 25 yil işlatişga möljallangan bölib, konstruksiyasining 80 foizi bu muddat yakuniga qadar özgartirilişi mumkin.

U soatiga 15 kilometr bölgan şamolning minimal tezligida ham quvvat işlab çiqaradi, biroq eng qulay tezlik – soatiga 40-90 kilometrga teng. Bu esa turbina qöyilişi rejalaştirilgan Şimoliy dengizdagi şaroitlarga ayniqsa mos tuşadi.