Yevrohudud iqtisodiyot ösişi sur'atlari böyiça 2008 yildan beri birinçi marta AQŞdan özib ketdi. Bu haqda RBK naşri xabar bermoqda.
2016 yilda Yevrohududga kiruvçi 19 ta davlatning (yevro pul birligidan foydalanuvçi davlatlar) yalpi içki mahsuloti ösişi yillik ifodada 1,7 foizga ösdi, deb xabar berilmoqda Eurostat matbuot bayonotida. AQŞ YaIM esa ötgan yil natijalariga köra 1,6 foizga oşgan va iqtisodiy ösiş sur'atlari oxirgi 6 yil içidagi eng minimal darajada bölgan.
Yevrohudud davlatlari bu körsatkiç böyiça oxirgi marta AQŞdan 2008 yildagina özib keta olgandilar, öşanda nisbat 0,4 foizga 0,3 foizni taşkil qilgandi.
Ta'kidlanişiça, 2016 yil yakunlariga köra Yevropa Ittifoqining barça 28 ta davlati YaIMi 1,9 foizga ösgan. Ösiş AQŞnikidan 2011 yildan beri birinçi marta yuqoriroq bölgan.
Xalqaro valyuta jamğarmasi prognozlariga köra, 2017 yilda AQŞ YaIMi 2,3 foizga, 2018 yilda esa 2,5 foizga ösadi. Yevrohudud iqtisodiyoti esa bu davrda yiliga 1,6 foizdan ösadi.











