Qirğizistonda fevral oyi davomida yoqilği-moy mahsulotlari (YoMM) 2-2,5 sömga arzonlaşişi kutilmoqda. Bu haqda Qirğiziston hukumati apparati axborot ta'minoti bölimida ma'lum qilindi.

Bölimning ma'lum qilişiça, mamlakat vazirlar mahkamasida YoMM bozoridagi vaziyat va tranzitga unifikatsiyalaşgan temir yöl narxlarining ta'sir qilişi muhokama qilindi. Ta'kidlanişiça, Qirğizistonda yonilği Qozoğiston orqali mahsulotlar tranziti uçun unifikatsiyalaşgan temir yöl narxlari qöllanişi sababli arzonlaşadi. YoMM fevral davomida neft mahsulotlari partiyalari kelişiga boğliq holda arzonlaşib boradi. 

"Hisob-kitoblarga köra, Rossiyadan neft mahsulotlarining Qirğizistonga transportirovka qilinişi bir tonna uçun 45 dollardan 48 dollargaçani (neft qayta işlovçi zavodning çegaradan uzoqlaşganiga boğliq holda) taşkil qildi", deb aytdi Qirğiziston hukumati apparati iqtisodiyot va investitsiyalar bölimi boşliği Nikolay Çuykov.