Rossiya Markaziy banki – Rossiya banki – joriy yilning oxirida muomalaga çiqariladigan yangi pullar dizaynini aniqlab oldi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qilmoqda. Yangi kupyuralar 200 va 2000 nominalga ega böladi.
«200 rubllik banknotada Sevastopol timsoli tuşiriladi. Unda çökib ketgan kemalarga örnatilgan yodgorlik va Xersones körinişi aks etadi. 2000 rubllik qoğoz pulda Uzoq Şarqning maşhur joylari — Vladivostok köprigi va Amur viloyatidagi Şarqiy kosmodromi surati aks etadi», — deyiladi xabarda.

Banknotalar dizayni böyiça yakuniy qaror Butunrossiya tanlovi natijasida qabul qilingan. Tanlov ötgan yilning iyun-oktabr oylarida bölib ötgan edi. Unda 5 mingdan ortiq da'vogarlar qatnaşgan. 3 milliondan ortiq kişi iştirok etgan ovoz beriş jarayonida Uzoq Şarq va Sevastopol timsollari tanlandi.
MB raisi Elvira Nabiullinaning fikriça, yangi pullar fuqarolarning mahsulotlar va xizmatlar uçun haq tölaşini yengillaştiradi.
Rossiya banki, sönggi marotaba, 2009 yilda yangi nominaldagi pullarni çiqargan edi. Öşanda 10 rubllik tangalar muomalaga kiritilgandi.












