AQŞ harbiy-havo kuçlarining ikkita F-16 qiruvçi samolyoti maşğulot parvozi vaqtida xato ravişda Nyu-Meksiko ştatidagi Xolloman bazasiga raketalar bilan zarba berdi. Zarba oqibatida bir harbiy halok bölgan, yana biri yarador bölgan. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bergan.
Ma'lum qilinişiça, raketalar "havo-yer" sinfidagi raketalar bölgan. Yarador bölgan harbiy şifoxonaga yetkazilgan, biroq ayni vaqtda u yerdan çiqarib yuborilgan. Voqea yuzasidan tekşiruv boşlangan.












