Germaniya kansleri Angela Merkel 2 fevral kuni Turkiyaga bir kunlik işçi taşrifini amalga oşiradi.

Bu Merkel xonimning Turkiyada ötgan yilning iyulida davlat töntarişi amalga oşirişga bölgan urinişdan beri ilk marta safar qilişi böladi.

Merkel xonim Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşişi, Turkiya parlamentiga taşrif buyurişi kutilmoqda.

Germaniya kansleri Turkiya boş vaziri Binoli Yildirim bilan ham uçraşuv ötkazişni rejalaştirgan.

Merkel xonimning bu safargi taşrifi kun tartibidan 2016 yildagi kabi qoçqinlar masalasini muhokama etiş örin olgan.

Ötgan yilning martida Turkiya va YeI örtasida qoçqinlarni Yevropaga ötkazmasdan, Turkiya hududida olib qoliş böyiça kelişuv kuçga kirganidan keyin Yevropaga qoçqinlar oqimi kamaygan. 2015 yilda Germaniyaga 890 ming qoçqin kirib borgan bölsa, 2016 yilda bu körsatkiç 280 ming nafarni taşkil qildi.