Angliya premer-ligasining 23-turidan örin olgan yana bir uçraşuvda «Vest Hem» «Mançester Siti»ni qabul qildi.
Bir oy muqaddam Angliya kubogida jamoalar Londonda uçraşişgan va unda Gvardiola şogirdlari 5:0 hisobida ğalaba qozongandi. Bu safar ham «Siti» mehmonda öynaşiga qaramay raqibni yirik hisobda taslim etdi.
Avvaliga Kevin de Bryuyne «Siti» debyutanti Gabriel Jyezusning töp uzatişidan söng hisobni oçdi. 21-daqiqada Leroy Sanening ajoyib yurişidan söng yetkazib berilgan töpni David Silva darvoza töriga joylab qöydi. Birinçi golga assistenlik qilgan Gabriel Jyezus asosiy tarkibdagi debyutida gol urişga ham muvaffaq böldi. Rahim Sterling tomonidan yetkazib berilgan töpni braziliyalik 19 yoşli futbolçi qiyinçiliksiz Rendolf darvozasiga yölladi.
Ikkinçi bölimda Rahim Sterlingga işlatilgan qöpollikdan keyin belgilangan penaltini Yahyo Ture aniq amalga oşirib öyindagi yakuniy hisobni örnatdi. 4:0 — «Mançester Siti»ning navbatdagi yirik hisobdagi ğalabasi.
Uşbu ğalabadan keyin «Mançester Siti» hisobidagi oçkolar soni 46taga yetdi va jamoa «Liverpul» bilan bir xil oçko töplagan holda 4-5 örinlarni bölişib turibdi. «Vest Hem» hisobida esa 28 oçko bor va jamoa 11-poğonada bormoqda.
Angliya premer-ligasi, 23-tur
Vest Hem – Mançester Siti 0:4 (0:3)
Gollar: de Bryuyne (17), Silva (21), Gabriel Jyezus (39), Ture (67, penalti).
Vest Hem: Rendolf, Rid, Kressuell, Bayrem, Fonte, Obiang (Snodgrass, 64), Nobl, Lansini, Antonio, Feguli (Fernandeş, 64), Kerroll (Fletçer, 79).
Mançester Siti: Kabalero, Otamendi, Kolarov, Sanya, Stounz, Ture, Silva (Delf, 80), de Bryuyne (Fernandino, 67), Sterling (Aguero, 73), Sane, Gabriel Jyezus.
Ogohlantirişlar: Obiang (19), Gabriel Jyezus (19), Lansini (24), de Bryuyne (44), Sterling (60), Kerroll (71).












