Birlaşgan Arab Amirliklarida (BAA) dronlardan tijoriy maqsadda foydalanadigan dron operatorlariga mamlakatning Fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasi (GCAA) qaroriga muvofiq, har yili 50 ming dirham (13,62 ming dollar) miqdorida soliq tölaşlariga töğri keladi.

Dronlardan notijorat maqsadida foydalanganlik uçun har 90 kunda 273 dollar tölaş şarti bilan har yili umumiy hisobda 1107 ming dollar olinadi. Şuningdek, dronlardan foydalanişga örgatuvçi taşkilotlarga ham haq örnatildi, ular 5 yilga 13,62 ming dollar tölaşlari kerak böladi.

GCAA Arabian Business naşriga bergan bayonotida BAAda dronlardan foydalaniş uçta turli qoida bilan tartibga solinişini ma'lum qilgan. Ularga köra, dronlar köngiloçar, tajribaviy (ilmiy-tadqiqot maqsadlari uçun) va korporativ (tijorat/notijorat maqsadlari uçun) turlarga bölinadi. 

"Dronlardan tijorat maqsadida foydalaniş yerdagi odamlar, havo hududidan foydalanuvçi boşqalar xavfsizligiga yuqoriroq xavf soladi, şu sababli oqibatlarni yumşatiş böyiça sertifikatlaştiriş, xavfsizlikka amal qiliş, havo hududiga baho beriş, rahbariyat va xodimlar malakasini baholaş kabi qöşimça çoralar va baholaşlar talab qilinadi", deyilgan taşkilot bergan bayonotda.

Agar dronlar operatori GCAA me'yorlariga töğri kelsa, boşqarmaning ruxsati operatorga mamlakatning istalgan joyida istalgan vaqtda heç qanday qöşimça tölovlar va talablarsiz işlaşiga imkon beradi.

Boşqarma jismoniy şaxslarga dronlardan köngiloçar maqsadda foydalanganlik uçun biror yiğimlar kiritilişi borasida izoh bermagan. Biroq dron bilan işlamoqçi bölgan istalgan şaxs onlayn tartibda özi va dron haqida ma'lumotlar taqdim qilgan holda ariza berişi kerak. Ayni vaqtda bunday arizani beriş bepuldir.

GCAA saytidagi ma'lumotlarga köra, oğirligi 5 kg gaça bölgan dronlarga yaşil parvoz hududi doirasida harakatlanişga ruxsat berilgan; parvozda bölgan qurilmalar yordamida videoga yoki suratga oliş taqiqlanadi; dronlar kunning yoruğ paytida va yaxşi ob-havo şaroitida uça olişi mumkin; birorta dron aeroportlar, vertodromlar, vertolyot maydonçalari, aerodromlar yoki BAA tomonidan nazorat qilinuvçi hududlarga 5 km dan yaqinroq masofaga yaqinlaşmasligi kerak.

GCAA şuningdek agar dron qayta sotiladigan bölsa, bu haqda mutassadi idorani xabardor qiliş majburiyatini yuklaydi.