Rossiyalik spamer birgina harf tufayli hibsga olinişi mumkin. Gap şundaki, u ɢoogle.com domeniga egalik qiladi. Motherboard şu haqida xabar berdi. 

Vitaliy Popov «ɢ» bilan boşlanuvçi domenni qayd etgan,  «ɢ» – 0262 raqamiga ega Unicode kodi ramzi, şuningdek lotinça «G»ga vizual öxşaş. Köp foydalanuvçilar manzil satrida ɢoogle.com'ni google.com'dan ajrata olişmaydi - şunçaki bunga e'tibor berişmaydi.  

Korporatsiyada ta'kidlanişiça, rossiyalik foydalanuvçi ɢoogle.com domenidan spam yöllaş bilan şuğullanadi, şuningdek ziyon yetkazuvçi dasturiy ta'minotni tarqatadi. Bunday zararli jönatmalarga kiruvçi foydalanuvçilar brauzerda köplab oynalar oçilişiga duç kelişadi. Bu spamerga foydalanuvçilarning şaxsiy ma'lumotlarini yiğib, me'daga teguvçi reklamalarni namoyiş etiş imkonini beradi. 

Spam tarqatiş uçun ɢoogle.com'dan foydalaniş holatlari Donald Trampning saylov oldi kampaniyasida kuzatilgan.  Analytics Edge kompaniyasi Google Analytics referal spamini aniqlagan. Jönatma mavzusi Vote for Trump ("Trampga ovoz ber") bölgan, xabar manbai ɢoogle.com bölib çiqdi. AQŞda ovoz töplaş nihoyasiga yetgan vaqtda ɢoogle.com saytida amerikaliklarga yöllangan tabrik paydo bölgan. 

Şunday bölsa-da, Popov özining bahsli domenini Google'ga bermoqçi emas. U özining haq ekanligiga işonçi komil va Google qöygan ayblov yolğon ekani hamda korporatsiya bilan sudlaşişga tayyor ekanini aytgan.