«Rayo Valekano» muxlislari «Betis»dan ukrainalik futbolçi Roman Zozulyaning ijaraga olinişiga qattiq qarşi çiqişdi va öz sözlarini ötkaza olişdi. La Voz de Galicia naşrining «Betis» direktori Migel Torresilyaga asoslanib xabar qilişiça, ijara kelişuvi muxlislar qarşiligi tufayli amalga oşmadi.

«Rayo Valekano» ultrasi Zozulyaning siyosiy qaraşlari tufayli norozilik namoyişlari ötkazişdi. Bugungi maşğulotlar vaqtida «Valekas – natsistlar uçun emas» yozuvi tuşirilgan banner osilgandi.

Maşğulotdan keyin futbolçi bazani orqa eşikdan tark etişga majbur bölgan.

27 yoşli futbolçi haqoratlar va tahdidlar nişoniga aylandi va u sevilyaliklar klubiga qaytarib yuborildi.

1 fevral kuni Zozulya «Rayo Valekano» a'zosiga aylangandi. Endi u «Betis»ga qaytsa ham mavsum oxirigaça öynay olmaydi, çunki jamoa uni qayta zayavka qilişga ulgurmadi.

Roman Primerada 6 uçraşuv ötkazdi. «Rayo Valekano» Segundada 17-örinda bormoqda.

27 yoşli bu futbolçi 2015 yilda mamlakat janubi-şarqidagi harbiy harakatlar vaqtida Ukraina armiyasiga yordam bergan. Futbolçi Yevropa Ligasi finalida «Dnepr» bilan olgan medalini auksionga qöygan va uning sotuvidan tuşgan mablağni ukrainalik harbiylar uçun berişini ma'lum qilgandi.