Turli öyinçoq konstruksiyalar işlab çiqarişi bilan maşhur Lego kompaniyasi özining Lego Life ijtimoiy tarmoğini işga tuşirdi. U 13 yoşgaça bölgan bolalarga möljallangan bölib, eng yoş bolalar uçun ham juda xavfsizdir, deb yozadi Mashable.
Har qanday ijtimoiy tarmoqda qöpollikka yoki behayo ma'lumotlarga duç keliş juda ham oson. Ammo, Lego Life ilovasi bundan mustasno. Çunki, kimnidir haqoratlaşning imkoni yöq, deyarli. Axir muloqot emodzi va stikerlar yordamida amalga oşiriladi.
Qayd etilişiça, Lego ilovasi UNICEF taşkiloti bilan hamkorlikda işlab çiqilgan. Uning maqsadi bolalarga tengdoşlari bilan muloqot qilişga, Lego konstruksiyalaridan yasalgan buyumlarining surati va videolarini namoyiş qilişga imkon berişdir.
Uşbu tarmoqqa ulaniş uçun iOS va Android ilovalarini yuklab oliş talab etiladi. Bola röyxatdan ötişda, akkaunt oçilişini tasdiqlaşlari uçun ota-onasining e-mail manzilini körsatadi. Unda xavfsizlik nuqtainazaridan foydalanuvçining haqiqiy ismi va surati qöyilmaydi.
Albatta, hozirça, Lego Life ilovasi AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyada işga tuşirilgan.












