«Xalqaro ta’lim kuni arafasida men Özbekistonning bu yönalişdagi islohotlari samarasini, muvaffaqiyatlarini faxr bilan e’tirof etmoqçiman. Biz ta’lim — farovonlik poydevori ekaniga qat’iy işonamiz va har bir bola uçun öz salohiyatini röyobga çiqariş imkoniyatini ta’minlaşga intilamiz», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva özining Telegram kanaliga.

Qayd etilişiça, prezident yordamçisi bugun, 23 yanvar kuni xalqaro hamkorlar — UNICEF, UNESCO, UNDP, IHTT, Jahon banki va boşqalar bilan muhim uçraşuv ötkazgan. Muloqot davomida ta’lim masalasiga yangi yondaşuvlar — innovatsiyalar, zamonaviy metodikalar va jahon tajribasiga asoslangan yeçimlar muhokama qilingan.

«Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida sifatli ta’lim oliş imkoniyatidan barça erkin foydalanişi uçun zarur şaroit yaratişga erişamiz», — deya ta’kidlaydi Mirziyoyeva.

Eslatib ötamiz, 15 noyabr kuni Saida Mirziyoyeva talabalar bilan uçraşgan edi. Öşanda prezident yordamçisi uçraşuv davomida oçiq va samimiy muloqot bölib ötganini ta’kidlagandi. Dekabr oxirlarida esa Prezident administratsiyasida Özbekistonning navqiron va bilimdon öğil-qizlari bilan uçraşuv bölib ötgandi.