UNICEF ijroçi direktori Ketrin Rassel bu bayonotni Afğonistonda yangi öquv yili boşlanişi munosabati bilan e’lon qildi. Uning ta’kidlaşiça, qizlar uç yildan ziyod vaqtdan beri oltinçi sinfdan keyin maktabga bora olmayapti.
«Afğon qizlarining ta’lim oliş huquqi bugungi kunda muntazam ravişda buzilmoqda. Ularga darhol maktablarga qaytişga ruxsat beriş kerak. Agar bu iqtidorli va qobiliyatli qizlar ta’limdan benasib qolaversa, oqibatlar butun avlodlarga ta’sir körsatadi», — dedi Rassel.
Uning fikriça, agar taqiq 2030 yilgaça davom etsa, 4 milliondan ziyod bola ta’limsiz qoladi va bu falokatli oqibatlarga olib keladi.
Şuningdek, Rassel tibbiyot sohasidagi ayollar — şifokor va akuşerlar soni kamayişi tufayli ayollar uçun muhim tibbiy xizmatlar yetişmasligini ta’kidladi. Bu esa, uning hisobiça, har yili 3,5 ming çaqaloq va 1,6 ming ona hayotiga zomin bölişi mumkin.
«Bu raqamlar ortida faqat statistika emas, balki yöqotilgan insonlar hayoti va vayron bölgan oilalar turibdi», — deya qöşimça qildi Rassel.
Afğonistonda 2021 yilning 15 avgustda «Tolibon» hokimiyatga kelganidan söng, mamlakatdagi ayollar va qizlar uçun keng qamrovli taqiqlar joriy qilindi.
Boşlanişida ularga örta va yuqori sinflarda öqiş taqiqlandi, 2022 yil dekabridan esa universitetlarga boriş ham man qilindi.
Şuningdek, afğon ayollariga mahalliy va xalqaro nodavlat taşkilotlarda işlaş taqiqlandi. Toliblar sartaroşxonalar va gözallik salonlarini yopdi, ayollarga boğlar, köngiloçar maskanlar, sport zallari va filmlarda qatnaşiş ham taqiqlandi.

















