«Mançester Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Joze Mourino hujum çiziğini kuçaytirmoqçi.
Şu tufayli u «Atletiko» hujumçisi Antuan Grizmanni jamoasiga olib keliş uçun jiddiy qiziqiş bildirmoqda.
The Guardian ma'lumotiga köra, «qizil iblislar» uşbu 25 yoşli futbolçining transferi uçun 100 million yevro sarflaşga tayyor. Futbolçining özi ham faoliyatini Angliyada davom ettirişga tayyorligi va u şaxsiy şartnoma bandlari xususida kelişib olgani aytilgan.
Unga köra, Grizmanning «Mançester Yunayted»dagi yillik maoşi miqdori 18 million yevroni taşkil qiladi. Futbolçining «Atletiko» bilan 2021 yilgaça amalda böladigan şartnomasi mavjud.
Joriy mavsumda uşbu fransuz futbolçisi Ispaniya çempionatining 19 uçraşuvida maydonga tuşdi va 8 gol urib, 4 golga uzatma berdi.
Grizmann 2016 yilgi Yevropa çempionatining eng yaxşi futbolçisi bölgandi. U Fransiya bilan turnir finaliga qadar borgan, 6 gol urgandi.












