Yaqinda inson parvozi tarixidagi eng qiziq kosmik tadqiqotlardan birining natijalari e'lon qilindi.  NASA şu haqida xabar berdi. 

Skott va Mark Kelli — bir-biriga öxşaş egizak aka-ukalar hamda astronavtlar bölib, ular ajoyib tajribada qatnaşişdi: Skott xalqaro kosmik stansiyada (XKS) boşqa kosmonavtlar bilan birga 340 sutkaga samoga parvoz qildi, Mark esa Yerda qoldi. 

Twin Study nomli loyiha uzoq kosmik parvozlarning inson salomatligiga ta'sirini örganiş uçun yölga qöyildi. Bir xil gen asosga ega aka-ukalar olimlarga juda köp tibbiy ma'lumotlar taqdim etişdi, ular yaqin kelajakda örganib çiqiladi. Biroq hozirning özidayoq ba'zi qiziq detallar paydo böldi. 

Inson xromosomalarida telomerlar böladi - ularning uzunligi har yangi hujayra bölinişida qisqaradi. Ular çeksiz bölina olmaydi, şu bois qariş omillaridan biri hisoblanadi. Olimlarning aniqlaşiça, missiya davomida Skottning telomerlari ukasinikiga nisbatan uzunroq bölgan. Astronavt Yerga tuşganida uning telomerlari tezda parvoz oldi holatiga qaytgan. 

Şuningdek aka-ukalar DNKsida ham ba'zi tafovutlar aniqlangan, biroq körsatkiçlar biroz vaqtdan söng yana avvalgi holatiga qaytgan. Bu nimani anglatişi olimlarga hozirça qoronği. NASA boşqa astronavtlar bilan ham tadqiqot ötkazişni rejalaştirmoqda. 

Egizaklar bilan ötkazilgan tadqiqot "egizaklar paradoksi"ni yodga olişga majbur qiladi: nisbiylik nazariyasi doirasida Eynşteyn yoruğlik tezligiga yaqin tezlikda harakatlanişda vaqt sekinlaşişi töğrisidagi xulosaga kelgan. Demak, Skott kosmik kema bortida bir yilni ötkazib, yoşargan bölişi mumkin. XKS yoruğlik tezligida harakatlanmaydi, albatta. Biroq ehtimol tez orada tajriba natijalari insonning qarişiga oid savollarga javob topar.