AQŞ prezidenti Donald Trampning fikriça, Eron Iroqning tobora köproq hududi ustidan nazorat örnatmoqda. Bu hol, Vaşingtonning sarflagan mablağlariga qaramay yuz bermoqda.
"AQŞ 3 trln dollar sarflaganiga qaramay, Eron Iroqni tobora köproq va zudlik bilan egallab olayapti. Bu qaçondan buyon aniq narsa!", - deb yozgan Tramp Twitter sahifasida.
Avvalroq, davlat rahbarining milliy xavfsizlik masalalari böyiça yordamçisi Maykl Flinn, jurnalistlar uçun ötkazgan an'anaviy brifingida, Qöşma Ştatlar Eronning ballistik raketa sinovini qoralaşini aytgan edi. Vaşington, bu kabi harakatlarni mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka rahna soluvçi deb hisoblaşi sababli Tehronga rasmiy ogohlantiriş beradi.
Keyinroq, Oq uy vakillari javob çoralarining "keng doirasi"ni körib çiqayotganini ma'lum qilişgan edi.












