Işlab çiqariş va ijtimoiy soha infratuzilmasiga yönaltirilgan investitsiyalar, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalaş va tarkibiy özgarişlarni olib boriş natijasida oxirgi yillardagi yuqori iqtisodiy ösiş sur'atlariga erişildi, deb xabar bermoqda Özbekiston Iqtisodiyot vazirligi.
Bu aholi turmuş darajasi va sifatini yanada oşirişga xizmat qilib, jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaşni ta'minladi. Ijobiy tarkibiy özgartirişlar va iqtisodiyotning yuqori ösiş sur'atlari tufayli aholining real daromadlari 11 foizga oşdi, 726 ming nafarga yaqin aholining, şu jumladan, 438,5 ming kollej bitiruvçisining bandligi ta'minlandi.
2016-yilda 2016-2020-yillarda xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş dasturi doirasida qariyb 14,6 ming yangi servis obekti va 194 ta yangi turdagi maişiy xizmat körsatiş kompleksi foydalanişga topşirildi. Mobil aloqaning 1632 ta yangi baza stansiyasi, hududlarda 63 ta yangi yölovçi transport yönalişlari va 54 yangi mexmonxonalar foydalanişga topşirildi.
2013-2020-yillarda telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantiriş dasturining amalga oşirilişi doirasida 2016-yilda zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş imkonini beruvçi 2300 kilometrdan ziyod keng polosali optik-tolali tarmoqlar barpo etildi va zaxiraga olindi.
Yagona portal orqali 929 mingdan ziyod xizmatlar körsatildi va ösiş oldingi yilning şu davriga nisbatan 2,2 barobarni taşkil qildi. “Soğlom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida ona va bolaning salomatligini muhofaza qilişni kuçaytiriş, soğlom va har tomonlama rivojlangan avlodni şakllantiriş böyiça keng çora-tadbirlar kompleksi amalga oşirilib, ularni moliyalaştirişga barça manbalar hisobidan 8 trillion söm va 212 million dollar mablağ yönaltirildi.












