AQŞda Adolf Gitlerning şaxsiy telefoni auksion savdolariga qöyildi, deya xabar berdi Alexander Historical Auctions oçiq savdolar uyi.

Siemens telefoni vermaxtning sovğasi bölgan. 1945 yilda sovet askarlari uni Gitlerning bunkeridan topişgan va apparatni 70 yildan ortiq vaqt davomida uyida saqlagan britaniyalik zobitga berişdi.

Auktsion uyi uşbu lotni “millionlab insonlar hayotiga nuqta qöygan barça davrlarning eng vayronakor “quroli” deb atadi. Telefonning taxminiy bahosi — 200-300 ming dollar.

Auktsion 19 fevral kuni bölib ötadi. Telefondan taşqari, u yerda Uçinçi reyx davrining boşqa buyumlari ham sotiladi.