Amerikaning Facebook, Microsoft, Google, Apple va Amazon singari yirik IT-kompaniyalari Trampning immigratsiya masalasidagi farmonidan taşvişlanib, davlat rahbariga oçiq xat yöllaşni niyat qilişdi. Bu haqda vaziyat bilan taniş manbaga asoslanib, Bloomberg xabar bermoqda.

IT-kompaniyalariga, şuningdek, moliya, işlab çiqariş, energetika va savdo sohasida faoliyat olib boruvçi boşqa kompaniyalar ham qöşilişni rejalaştirgan. Iştirokçilarning aniq röyxati hozirça taqdim etilmagan. Ammo ayrim ma'lumotlarga köra, röyxat mana şu haftada e'lon qilinadi.

— Biz sizning mamlakat migratsiya tizimini xavfsizlikning zamonaviy talablari asosida tuziş borasida qilayotgan xatti-harakatlaringizni qöllab-quvvatlaymiz. Ammo taşvişlanayotganimizning boisi şundaki, sizning yaqinda e'lon qilgan farmoningiz Qöşma Ştatlar taraqqiyoti uçun xizmat qilayotganlarning taşrifiga va mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta'sir körsatadi, — deyiladi Bloomberg tomonidan e'lon qilingan mazkur xatning bir qismida.