Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi E sinfidagi universalning «kuçaytirilgan» AMG-toifasini namoyiş qildi. Uning top S-varianti 612 ot kuçiga ega dvigatel bilan jihozlanadi.
Universalga 4.0 litrli biturbo V8 dvigateli örnatiladi.

Mercedes-AMG E 63 Estate modelining barça namunalariga 9 diapazonli AMG Sportshift MCT avtomatik uzatmalar qutisi joylanadi. Uning gidrotransformatori elektron boşqaruvli uzatma bilan almaştirilgan.

Avtomobilning boş namunasi joyidan soatiga 100 km tezlikka 3,6 soniyada erişadi. 612 ot kuçiga ega motor örnatilgani 0,1 soniya tezroq.

Universal, şuningdek, barça ğildiraklarni yetakçi qiluvçi 4Matic+ tizimiga ham ega. Bunda, aylanuvçi lahzalar old va orqa öqlarga birdek taqsimlanişi yoki faqat orqa öqqa ötkazilişi mumkin.

Mercedes-AMG E 63 Estate modelining arzon namunasi boşqaruv elektronikasi işlaş tartibini özgartiriş tizimi, Command multimedia tizimi va karbon-keramik tormozlariga ham ega böladi.
«Kuçaytirilgan» universalning ilk taqdimoti mart oyida Jyeneva avtokörgazmasida bölib ötadi va şu yilning iyun oyidan sotuvga çiqariladi.

















