Jyeneva avtoşousida iştiroq etayotgan Yaponiyaning Nissan kompaniyasi Qashqai krossoverining yangilangan namunasini namoyiş etdi. Uning taşqi körinişi özgartirilgan, saloni modernizatsiyalaştirilgan hamda yarim muqobil boşqaruv tizimi paydo bölgan. 

«Avtopilot» ProPilot tizimi töplamiga kiradi va şosseda harakatlaniş çoğida avtomobil boşqaruvini töliq öz ixtiyoriga olişi umkin. Elektronika maşinani yölakda uşlaydi, tezlik va tormoz beriş jarayonini mustaqil ravişda boşqaradi. Bunga qöşimça ravişda maşina yaxşilangan xavfsizlik tizimi va haydovçiga kömak beruvçi töplamlar bilan töldirilgan. Xususan, piyodalarni taniş va favqulodda töxtaş, atrofdagi harakatlaniş va yöl belgilarini kuzata oladi. 

Krossover taşqi tomondan umuman yangi old qism bilan farqlanadi. Yangi kapot, bamper, çiroq va radiator qafasi şular jumlasidan. 

Salondagi asosiy közga taşlanadigan narsa bu yangi uç tayançli rul çambaragi böldi. Bundan taşqari, multimedia majmuasining taşqi körinişi ham özgargan. Qöşimça haq evaziga yetti dinamikli Bose audiotizimi örnatilgan Qashqai egasi böliş mumkin. 

Nissan vakillari, şuningdek, podveska hamda rul boşqaruvi özgartirilgani, qöşimça şovqinni qaytaruvçi qoplama bilan işlov berilganini ta'kidlaşgan. Krossoverning motori avvlgidek qoladi. Hozirça, uning qaçondan sotilişi haqida ma'lumotlar yöq.